"Napoli" germaniyalik futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
17 avg 2021
"Arsenal" sobiq himoyachisi Shkodran Mustafi Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Tajribali nemis futbolchisi bilan "Napoli" shartnoma imzolamoqchi. U PSJga kyetishi mumkin bo'lgan Kalidu Kulibalini almashtirishi mumkin.

Oldinroq, Mustafiga Genuyaning "Jenoa" klubi qiziqish bildirayotgani va klub Shkodranga 4 yillik shartnoma taklif qilgani aytilgan edi.

29 yoshli himoyachi ayni damda erkin agent maqomida. Uning so'nggi ish joyi Gelzenkirxenning "Shalke" klubi bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb