

"Napoli" klubi prezidenti Aurelio De Laurentis PSJ klubi Xvicha Kvaratsxeliyaga to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqayotgani, bu ish esa noqonuniy ekanini aytdi.
"Bazi bir klublar bizga rasmiy murojaat qilmasdan futbolchilarimizga har xil takliflar berishmoqda. Bu noqonuniy ish.
Ushbu klubning rahbari ayni vaqtda Yevropa klublar assotsiatsiyasi prezidenti (Nosir Al Helayfi) ham hisoblanadi. Kimdir o'zini to'g'ri tutmoqda, kimdir esa yo'q. Futboldagi bu kabi ishlardan ajablanmay qo'yganman. Men har doim haq bo'lganman", -deydi Aurelio De Laurentis.



