"Napoli" sport direktori Azmunning agenti bilan bog'landi

Alisher
24 apr 2020
"Napoli" sport direktori Kristiano Gvintoli "Zenit" hujumchisi Syerdar Azmun borasida dastlabki muzokaralarni boshladi.

"Napoli" Azmunning o'yinini yuqori baholaydi va eronlik forvardni xarid qilishga qiziqmoqda. Gvintoli hujumchining xizmatlarini A Seriya klubiga taklif qilayotgan agent bilan doimiy aloqada.

Ammo, "Napoli" hali eronlik hujumchining transferi borasida "Zenit"ga rasmiy taklif bermadi. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar tarqatdi.

25 yoshli Azmun joriy mavsum RPL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi. Transfermarkt forvardni 14,5 million evroga baholamoqda.

RPLning joriy mavsumi 22-turdan so'ng to'xtab qolgan edi. Musobaqa jadvalida 50 ochko bilan "Zenit" peshqadamlik qilmoqda va o'z taqibchisi "Lokomotiv"dan 9 ochko ilgarilab ketgan.


Manba: metaratings.ru


AlisherMuallif
Manba: