"Napoli"ning Konteni emas, Anchelottini tanlagani sababi ma'lum bo'ldi
Mirjalol Normatov
30 may 2018
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bosh murabbiylik postiga Antonio Konte emas, Karlo Anchelotti tayinlagani sababini ma'lum qildi.
"Anchelotti mendan bir necha yangi futbolchilarning transferini so'radi. Men esa "yo'q" deb javob berdim, biroq u buni talab qilgani yo'q. Konte esa Karlodan farqli ravishda transferlarni talab qilgandi", - dedi Aurelio.