Narzulla Saydullaev taxmini: Katanec sentyabr oyida terma jamoaga kimlarni chaqiradi?

Narzulla Saydullayev
28 aug 2024
2 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati doirasidagi ikkita o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi.

Srechko Katanec bo'lajak yig'inga kimlarni chaqiradi? Ko'pchilik turli familiyalarni taxmin qilmoqda. Lekin fikrimcha yangi nomlar bo'lmaydi. Oxirgi yig'inlarga chaqiruv olganlar orasida sentyabr oyidagi o'yinlarga chaqirlishi mumkin bo'lganlar ro'yxatini tuzib chiqdim:

Darvozabonlar - O'tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi")

Himoyachilar - Umar Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Abdulla Abdullaev ("Paxtakor"), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf")

Yarim himoyachilar - Otabek Shukurov ("Kayserispor", Turkiya), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Abbos Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor ")

Hujumchilar - Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Azizbek Amonov ("Neftchi"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Jasur Yaxshiboev ("Ordabasi", Qozog'iston).


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Polyna Gosd
28 aug 2024
Bu yerda siz qizning kiyimlarini yechib, uni yalang'och holda ko'rishingiz mumkin) sinab ko'rishingizni maslahat beraman -- Use.my/uzero
Bahodir
28 aug 2024
Таркиб чиқдию Буни қаранг а тўғри топибсиз Бўриевни хисобга олмаса