"Nasaf" - "Al Ayn" uchrashuvi bosh hakami Masharipovga qizil kartochka ko'rsatgandi

Narzulla Saydullayev
7 feb 2024
14 fevral kuni OCHL 1/8 finali doirasidagi "Nasaf" - "Al Ayn" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

OFK mazkur bahsga Adham Mahadmeh boshchiligidagi iordaniyalik hakamlarni tayinlagani haqida xabar bergandik.

Ushbu hakam bugunga qadar klublarimiz ishtirokidagi 9ta o'yinda bosh hakam bo'lgan. Shundan 2tasida g'alaba qo'lga kiritilgan. 3ta bahsda durang kuzatilgan va 4ta uchrashuvda o'zbek klublari mag'lubiyatga uchrashgan. Etiborlisi bir yil oldin fevral oyida o'tgan "Al Shabab" - "Nasaf" uchrashuvida ham aynan shu hakam ishlagandi.

Malumot uchun, 2020 yilgi OCHL doirasida "Persepolis" - "Paxtakor" uchrashuvida Mahadmeh Jaloliddin Masharipovga qizil kartochka ko'rsatgandi.

Adham Mahadmeh boshqargan o'yinlar:

"Lokomotiv" - "Istiqlol" 1:1
"Al Ayn" - "Lokomotiv" 0:0
"Paxtakor" - "Shabab Al Ahli" 2:1
"Pesepolis" - "Paxtakor" 1:1
"Paxtakor" - "Sepaxon" 1:3
"Persepolis" - "Paxtakor" 2:0
"Al Shabab" - "Nasaf" 2:0
"Al Ayn" - "Paxtakor" 1:3
"Eyr Fors" - OKMK 3:2


Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Al Ayn" uchrashuvi 14 fevral kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionida soat 19:00da boshlanadi.




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Jamshid Rajabov
7 feb 2024
Бу ҳам бир янгиликда энди . Савиянга сани
«««ABRORBEK »»»
7 feb 2024
Boshlandi.
PlayFootball
7 feb 2024
Насафга омад. Нима булганда хам судьяга иш колдирмай ютишсин. Насаф бос олдинга.
BOBIRBEK_URINOV
7 feb 2024
лАЛЬБАЁБ пАДМИН!
FREND UZBEKISTAN
7 feb 2024
Juda qiziqda nega bizni o'yinlargayam tojik yoki qirg'iz turkman hakamlarni tayinlamaydi UFA biror marta hakamlik borsida AFCga bosim qilib ko'rganmi o'zi?