Ushbu muhim uchrashuvga tayyorgarlik jamoa murabbiylar shtabida ham ayni avj pallasiga kirgan.
"Nasaf" jamoasi murabbiylari qo'lida allaqachon raqib jamoa o'yinlari tasviri tushirilgan disklar mavjud. Shuningdek raqib o'yinchilarining mahorat darajalari ham chuqur tahlil qilinmoqda. "Al-Jayish" jamoasining har-bir o'yini murabbiylar shtabi tomonidan kuzatib borilmoqda. Ayni kunlarda raqibga qarshi nazariy taktikalar tuzilmoqda. Bu nazariy taktikalar Turkiyada va keyinroq BAAda bo'ladigan yig'inlarda jamoa o'yinchilariga puxta singdiriladi va vazifalar belgilanadi.
Ma'lumingizkim, "Al-Jayish" safida ko'plab xorijiy futbolchilar faoliyat yuritishadi. Hozirgi paytda QYULsida davra oralig'i tanaffusi davom etmoqda. "Al-Jayish" jamoasi 13 turdan so'ng 24 ochko to'plab liga turnir jadvalini 3-pog'onasini band etib turibdi. Ular 13 uchrashuvning 7tasida g'alaba qilishgan, 3 uchrashuvda durang va yana 3 uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashgan. "Al-Jayish" jamoasi navbatdagi 14-turni 10-yanvar kuni o'z maydonida, QYUL turnir jadvalini 8-pog'onasini band etib turgan "Al-Arabi" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, Qatar yulduzlar ligasida ham xuddi o'zimizdagidek 14ta jamoa ishtirok etadi.