"Nasaf" "Atletiko Madrid"da o'ynagan serbiyalik futbolchini tarkibga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
30 jul 2024
Qarshining "Nasaf" klubi davralar oralig'ida bir qator transferlarni amalga oshirdi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi xabariga ko'ra, qarshiliklar serbiyalik yarim himoyachi Stefan Kolovichni o'z safiga qo'shib olgan. 

30 yoshli yarim himoyachi o'smirlik yillari "Atletiko Madrid" yoshlar jamoasida bir muddat harakat qilgan. Professional futbolchilik faoliyatini esa, asosan, mahalliy klublarda o'tkazgan.

Shuningdek, "ajdarlar"  Valentino Yuel, Dilshod Komilov va Shohjahon Sultonmurodov bilan shartnoma imzoladi. Zafar Safoev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa bekor qilindi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: ЎзПФЛ матбуот хизмати

Izohlar

Dilmurod Umarov
31 jul 2024
O'zbeklardaka maqtanchoq xalq yo'qda borku,Atletiko Madridda o'ynagan emish.Jahonning eng mashhur transfermarkt saytida ham yo'qku bu haqida hech narsa
Muxlis
31 jul 2024
Да Силваниям не умидлар билан олиб келишувди
Chelsea vs Nasaf
31 jul 2024
Toʻgʻrisi bulardan bir narsa chiqmasa kerak 6 oy maksimum oʻynaydi va qoʻyib yuboradi
HAVASKOR JURNALIST
30 jul 2024
To'g'risini aytikar bu transferlarga Shaba aralashdimi yo'qmi?!))) agar aralashgan joyi bo'sa bilamiz qanaqa legioner olib kelganini)))
W. W. W Uz
30 jul 2024
Бу йил Насаф чемпион. Олга аждарлар.