"Nasaf" bosniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi. U kim?

Narzulla Saydullayev
27 feb 2022
O'zbekiston kubogi sohibi Qarshining "Nasaf" klubi transfer oynasining so'nggi kunida legioner bilan shartnoma tuzgani haqida xabar bergandik.

1998 yil Bosniya va Gercegovinada tug'ilgan Semir Smaylagich endi "ajdarlar" sharafini himoya qiladi. 191 santimetr bo'yga ega bo'lgan hujumchi faoliyati davomida "Saraevo", "Mladost", "Sloboda" (barchasi Bosniya va Gercegovina), "Gorica" (Sloveniya), "Astana" va "Qizil Jar" (ikkalasi Qozog'iston) klublarida to'p tepgan. Bosniya va Gercegovina U-19 terma jamoasi safida 5ta o'yinda 1ta gol urgan.

2021 yilgi mavsum Qozog'iston premer-ligasida 27ta o'yinda maydonga tushib bitta golli pas bergan. Qozog'iston kubogida esa 6ta uchrashuvda 3ta to'p kiritgan.


"Nasaf" transfer oynasi yopilishiga 10 daqiqa qolganida bosniyalik hujumchini PFLdan ro'yxatdan o'tkazdi         




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

JOKER 10
27 feb 2022
Холисана фикр !!! Нима учун бошқа жамоалар хужумчи олса дарров статистикасини пеш қиламиз, нима учун бошқа жамоалар хужумчи олса ўйини очилиб кетар, ёки гол уришни бошлар демаймиз ? Бу виждонни тозалигиданмикан )))
Respect????????????
27 feb 2022
Bu Kaluderivichga oʻxshab zahira varianti. Norchayev baRibir asosiy hujumchi boʻladi.
BEXRUZ
27 feb 2022
Youtubeda videosi bor ekan xozi kurdim yaxshi tezligi bor ekan ochilishi xam yomonmas chiroyli gol urarkan yomonmas Nasafga ochilib ketadi xudo xoxlasa mana kurasizlar Nasaf xam legyaner uyinchi tanlashda adashmaydigan klub omad Nasafga 2022 muvsimga albatta foydasi tegadi
Bobikni egasi
27 feb 2022
Balki O'zbekistonda o'yini ochilib ketar. Har holda endi u bolani Ro'ziqul Berdiyev tarbiyalaydi.
JOKER 10
27 feb 2022
Бегамовдан шарх кутамиз )))