"Nasaf": Bu safar Ruminiya klubi mag'lub etildi

Narzulla Saydullayev
15 jan 2017
"Nasaf" bugun yana bir nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Antaliyadagi bugungi uchinchi nazorat uchrashuvida “Nasaf” Ruminiyaning “Botoshani” klubi bilan kuch sinashdi.

Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda "Nasaf" 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Golni to'purar hujumchi Dragan Cheran kiritdi. Tezkor tashkil etilgan qarshi hujumda Doniyor Narzullaev to'pni Dragan Cheranga  oshirib berdi. Cheran bu vaziyatda darvozani bexato nishonga oldi.

Shunday qilib, Antaliyadagi yangi mavsum tayyorgarliklari mobaynida o'tkazilgan yana bir nazorat uchrashuvida "Nasaf" g'alabaga erishdi. Bundan avvalgi nazorat uchrashuvlarida “Nasaf” Kipr va Ozarbayjon klublari ustidan ham shunday hisobda g'alaba qozongan edi.

Bugungi nazorat uchrashuvida quyidagi futbolchilar maydonda harakat qilishdi.

“Nasaf”: Eldorbek Suyunov, Igor Golban, Maqsud Karimov, Najmiddin Normurodov (Akmal Shorahmedov), Doniyor Narzullaev (G'olib G'aybullaev), Sharof Muhitdinov, Odil Hamrobekov (Azizjon G'aniev), Bahrom Abdurahimov (Bobir Abduxoliqov), Islom Rashidxonov (Islom Kenjaboev), Dilshod Xushbakov (Sirojiddin Qo'ziev), Dragan Cheran.

"Nasaf" navbatdagi nazorat uchrashuvini ertaga 16 yanvar kuni Ozarbayjonning yana bir klubi “Sumgait” jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: fcnasaf.uz

Izohlar

BOBO
15 jan 2017
Молодец НАСАФ так и держат. Пойтахт клублари хавас қиладиган команда пишиб етилмоқда.
Bekshoh
15 jan 2017
Tuzikroq jamoa bilan oynasa bolardi
BAHTIYORJON
15 jan 2017
NASAFGA OMAD YOR BUSUN OCHL DA PLEF OFADAN ESON OMON UTIB GURUHGA CHIQIB OSIN QUQONDAN
рашид нзанов
15 jan 2017
Adminlar Nasafka chililik yarim himoyachi kelichi mumkin ekan bu qanchallik togri chuni surichtirib bilsangiz biz muxlislarga yangilik bolardi
Edik
16 jan 2017
хар йили хам шу вактда шунней мишмишлар булади. Лекин барибир шу сербия молдова россияга бориб такаламиз. Аргентинадан бразилиядан уйинчи олайкан деб вохима кутаришади лекин биза ВИЧлардан об куямиз))