"Nasaf" "Bunyodkor"ning ikki futbolchisiga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2018
Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "ajdarlar" tarkibni kuchaytirish maqsadida "qaldirg'ochlar"ning ikki nafar futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Gap yarim himoyachi Javlon Ibrohimov va hujumchi Shahzodbek Nurmatov haqida ketmoqda.

Yakuniga etgan mavsumda Ibrohimov "Bunyodkor" safida 26ta o'yin o'tkazdi. Nurmatov esa 27ta uchrashuvda maydonga tushib 2ta gol urdi. 


Shahzodbek Nurmatov 



 

Javlon Ibrohimov



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia