"Nasaf": Cheranga zar to'n kiydirildi + foto

Narzulla Saydullayev
6 okt 2017
Bugun “Nasaf” jamoasining legioner hujumchisi Dragan Cheran o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Jamoaning “Markaziy”dagi mashg'uloti oldidan klub rahbariyati barcha futbolchilar ishtirokida Dragan Cheranni tug'ilgan kuni bilan tabriklashdi, unga zar to'n va milliy do'ppi kiydirishdi. Cheranni barcha jamoadaoshlari ham uni tug'ilgan kuni bilan samimiy tabriklashdi.

Bugun shuningdek jamoa katta mamuri Alisher Turdiqulov ham tavallud ayyomiini nishonlamoqda. Klubi rahbariyati Turdiqulovni ham tabriklashib, unga esdalik sovg'asi topshirishdi.

Quyida tabriklash jarayonidan olingan suratlarni tomosha qiling.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz