"Nasaf" - "Kuvayt SK". Jamoalar qaysi rangdagi liboslarda o'ynashlari ma'lum

Narzulla Saydullayev
27 noya 2024
Kecha Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" - "Kuvayt SK" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda bellashuvga oid tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.

Bugungi bellashuvda "Nasaf" to'liq qizil rangli sport formalarida, mehmonlar "Kuvayt SK" esa sariq va qora rangli liboslardan foydalanishi kelishib olindi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Насаф” матбуот хизмати