"Nasaf" - "Mohun Bagan". Eng qimmat futbolchilarni bilasizmi?

Bugun Qarshidagi "Markaziy" o'yingoh "Nasaf" va "Mohun Bagan" klublari o'rtasidagi to'qnashuvga mezbonlik qiladi.

OFK kubogi doirasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00'da start oladi.

Transfermarkt portali hind klubining to'liq tarkibini 4,85 mln evroga baholamoqda. "Ajdarlar"ning umumiy qiymati esa 7 mln evrodan qimmatroq.

"Mohun Bagan" safidagi eng qimmat futbolchi fransiyalik Ugo Bumus hisoblanadi (Marokash aslli). Uning ayni paytdagi transfer qiymati 575 ming evroga barobar.

“Nasaf” raqibi “Mohun Bagan” cafidagi legionerlar haqida nimalarni bilamiz?

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari orasida esa Abduvohid Ne'matov hamja Umar Eshmurodovning transfer qiymati barchadan baland hisoblanadi (600 ming evro). Biroq, 20 yoshli darvozabon jarohati tufayli safdan chiqqanini inobatga olsak, ko'p ehtimol bilan bugungi o'yindagi eng qimmat futbolchi "Nasaf" sardori bo'ladi.

Muxlislar uchun “Nasaf” – “Mohun Bagan” uchrashuviga kirish necha pulga tushadi?


Manba: championat.asia