“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidagi holat yuzasidan PFL Tartib-intizom qo'mitasi qarori
O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Tartib-intizom qo'mitasi 19 noyabr kuni, Oliy Liga 29-turi doirasida Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tgan “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidan so'ng, stadiondagi muxlislar va “Paxtakor” klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov o'rtasida yuz bergan voqeani o'rganib chiqdi.