"Nasaf" safida braziliyalik futbolchi ko'rikdan o'tdi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2022
Qarshining "Nasaf" klubi telegramdagi o'z kanalida braziliyalik hujumchi ko'rikdan o'tganini ma'lum qildi.

"Joriy mavsum o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'yyayotgan "ajdarlar" davralar oralig'ida tarkibni ko'chaytirish maqsadida braziliyalik hujumchi Mateus Lima Kruzni taklif etdi.

Futbolchi ayni paytda Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Futbolchi bugun Qarshi shahriga yetib keladi", - deb yozadi "Nasaf" klubi matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, Trasnfermarket portaliga ko'ra, uning narxi 200 ming evroga teng. 1993 yilda tug'ilgan futbolchining so'nggi jamoasi Isroilning "Xapoel Nof-xa-Galil" klubi bo'lgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia