"Nasaf" Turkiyada Bosniya va Gercegovina kubogi sohibi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
4 feb 2022
Qarshining "Nasaf" klubi 3 fevral kuni ilk xorijiy yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketgandi.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa mazkur yig'inda bir qator nazorat sinov uchrashuvlarini o'tkazadi. 

Championat.asia sayti ulardan uchtasini aniqladi.  "Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat o'yinini Gruziya kubogi g'olibi - "Saburtalo" jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

8 fevral kuni "ajdarlar" Rossiyaning "Volgar" klubi bilan o'ynashsa, 11 fervalda Bosniya va Gercegovinaning "Saraevo" klubiga qarshi maydonga tushadi. Malumot uchun, "Saraevo" o'tgan mavsum o'z mamlakatida vice-chempion bo'lgan va kubok sohibiga aylangan.






Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

futbol_xalqniki
4 feb 2022
Gap yo'q Nasaf. Endi faqat cjempionlik haqida o'ylash kerak....
Nasaf N÷1
4 feb 2022
Zòr
Timo
4 feb 2022
Transferla Nima buldi. Kimdir kelekanmi Nasafga
Nazarov Sodiq
4 feb 2022
Янги мавсумда Насаф мухлислари клубдан чемпионлик кутишяпти . Омад тилаймиз!!!
FK NASAF CHAMPION
4 feb 2022
Бугун уйини олиб бермас эканми ютубдан