"Nasaf" U21 Qashqadaryo viloyati hokimi kubogini qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2026
Qashqadaryo viloyatida ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan viloyat hokimi kubogi musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Final bahsida Qarshining "Nasaf" U21 jamoasi Muborak shahrining "Mashal-A" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan o'yinda "Nasaf" tarbiyalanuvchilari raqib ustidan to'liq ustunlikka erishib, yakunda 4:1 hisobidagi yirik g'alabani qayd etdi. Ushbu natija orqali "Nasaf" U21 jamoasi faxrli birinchi o'rinni egallab, bosh sovringa ega chiqdi.

FINAL

"Mashal-A" – "Nasaf" 1:4

Gollar: Habibullaev Nodirxon (61) – Odiljonov Abdulloh (8), Mirzaboev Arabboy (24), Bo'riev Bekzod (31), Rajabov Mansur (52)

Musobaqa yakunlariga ko'ra, g'olib va sovrindorlar quyidagicha ko'rinish oldi:

1-o'rin: "Nasaf" U21

2-o'rin: "Mashal-A"

3-o'rin: "Super Oil"

Shuningdek, musobaqa davomida o'zining yorqin o'yinlari bilan ajralib turgan futbolchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus nominaciyalar bo'yicha taqdirlandilar:

Eng yaxshi futbolchi: Salohiddin Sanaqulov ("Super Oil")

Eng yaxshi to'purar: Sunnat Yarashov ("Mashal-A")

Eng yaxshi darvozabon: Akbarali Sodiqov ("Nasaf" U21)

Foto: Abdulla Doniyorov


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia