"Navbahor" 26 yanvar kuni "Turon" bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2022
Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgan “Navbahor” 26 yanvar kuni o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi.

Shu kuni “Navbahor”ga Yaypanning “Turon” jamoasi sparring-raqib bo'ladi. 

Mazkur bahsni 26 yanvar sanasida Namangan shahridagi “Markaziy” stadionda o'tkazish rejalashtirilgan. O'yin soat 12:00  da start oladi.

Ushbu uchrashuvga tashrif buyuradigan muxlislardan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilgan holda, o'yingohga tibbiy niqobda kelishlari so'raladi.






Mirjalol NormatovMuallif
Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати