OFK mazkur bahsga yaponiyalik Iida Jumpey boshchiligidagi hakamlar brigadasini tayinlagani haqida xabar chiqqandi.
Jumpey bosh hakam sifatida o'zbek klublari ishtirokidagi 8ta o'yinda ishlagan. Shundan atigi 2tasida klublarimiz g'olib chiqishgan. Bir marta durang qayd etilgan va 5 marta imkoniyat boy berilgan.
Iida Jumpey boshqargan o'yinlar:
"Bunyodkor" - "Lahviya" (Qatar) 0:1
"Nasaf" - "Al Sadd" (Qatar) 1:0
"Al Sadd" (Qatar) - "Paxtakor" 2:1
"Paxtakor" - "Traktorsozi" (Eron) 3:3
"Sharja" (BAA) - "Paxtakor" 4:1
"Nasaf" - "Al Faysali" (S.Arabistoni) 0:1
"Sepaxon" (Eron) - "Paxtakor" 2:1
"Paxtakor" - "Ahal" (Turkmaniston) 3:0
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvi 15 fevral kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 19:00da boshlanadi.
Izohlar