

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.
"Navbahor" darvozaboni Umid Ergashev faoliyatini OKMK klubida davom ettirishi mumkin.
OKMKga Denis Ivankov darvozabonlar murabbiyi bo'lib kelayotgani haqida xabar berilgandi. Ergashev "Nasaf"da Ivankov qo'lida shug'ullangan", – deyiladi xabarda.
26 yoshli posbon yakunlangan mavsum 13 o'yinda qatnashib, 17 ta gol o'tkazdi va 4 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



