"Navbahor" Ibragimov va Aliboev bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2019
Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgan Namanganning “Navbahor” klubi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Kuni kecha  tajribali hujumchi Aziz Ibragimov va Namangan futboli tarbiyalanuvchisi bo'lgan mahoratli forvard Ilhom Aliboev jamoa bilan shartnoma imzolashdi. Mazkur futbolchilar yangi mavsumni “lochinlar” tarkibida o'tkazishadi.

Aziz Ibragimov 1986 yil, 21 iyulda Toshkentda tug'ilgan. Faoliyati davomida mamlakatimizning “Traktor” (Toshkent), “Sho'rtan” (G'uzor), “Andijon” (Andijon), “Dinamo” (Samarqand), “Buxoro” (Buxoro), Slovakiyaning “Slovan” (Bratislava), Chexiyaning “Bogemians - 1905”, “Banik”, “Bogemians”, Xitoyning “Chindao Chjunnen”, Eronning “Mashin Sizi”, Latviyaning “Spartak” (Yurmala) klublarida to'p surgan. Mazkur futbolchi o'tgan mavsumni “Buxoro” jamoasida o'tkazgan.

Shuningdek, u 2007 – 2011 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

24 yoshli hujumchi Ilhom Aliboev esa o'tgan mavsumda Farg'onaning “Iftixor” jamoasida to'p surgan.




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: "Навбаҳор" матбуот хизмати

Izohlar

Искандар Бахтийоров
6 mar 2019
Тепада Бир киши ёзганига кушиламан Тургунбоевни машгулотларга рухсат беринглар снибкетмасин талантли бола
Илёс Обидов
6 mar 2019
Яхши
GERMANIYA...
6 mar 2019
Ibragimovich deb uqimman))))
Oybek Shukurlayev
6 mar 2019
Bunaqa tarkib bilan ochl yulanmasini omasa hammasi bir tiyin bulasi.
FORZA MILAN
6 mar 2019
Hech kim halal bermasa hamma narsa Navbahorga bogliq bolsa jamoa ancha BOSHOGRIQ boladi
Aliiroda Abdukadirov
6 mar 2019
Paxtakor fan klubiga azo bolw u.n nmala kere i km blan gaplaww kere, blsela yozvorila
Legioner07
6 mar 2019
navbahor chempion
Иньеста67
6 mar 2019
Хар цил команда алмаштирадиган Ибрагимов
Levan_18
6 mar 2019
Яхши иш бўбди!!!!!!
m.barsa
6 mar 2019
Ундан кура Ашурматовни кайтарларинг
Ko'proq ko'rsatish