“Navbahor”, “Neftchi” sobiq futbolchisi “Aral” bilan shartnoma imzoladi

Khoja
30 jan 2024
“Aral” matbuot xizmati jamoa tajribali futbolchi bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.

Yangi mavsumda jamoa sharafini o'tgan mavsum “Turon” safida o'tkazgan Azam Aliev himoya qiladi.

Futbolchi o'tgan mavsum “Turon” safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Malumot uchun, 32 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Turon”dan tashqari “Navbahor”, “Neftchi”, “Surxon” kabi klublarda faoliyat olib borgan. U Superliga bahslarida 165 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: https://t.me/pfkaral

Izohlar

Фк Тулуза
30 jan 2024
Келажаги порлок, еш ва исте'додли уйинчи
Jahongir Mirzo
2 feb 2024
A'zamga omad tilayman! Yaxshi o‘yinchi