Navbahor: So'g'diyona ikkinchi tarkibdan ustun keldi

Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga qarshi uchrashuvda murabbiylarimiz ayrim o'yinchilarni inobatga olmaganda safga davralar oralig'ida kelib qo'shilgan
 va asosiy tarkibga kirishga davogarlik qilayotgan futbolchilar xizmatidan foydalanishdi. Sinovdagilar esa ishonchni oqlay olishmay, raqibga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ertaga asosiy tarkib a'zolari Krasnogorskda Zarafshonning “Qizilqum” klubi bilan bahs olib borishadi.
“So'g'diyona”ga qarshi o'yinda jamoamiz tarkibi qo'yidagicha bo'ldi: Islom Jo'raev, Mirzohid Mahkamov, Inom Otaboev, Farruh Yo'ldoshev, Bobir Rasulov, Elmurod Nizamboev, Azim Ahmedov, Abdulaziz Sultanov, Ayubxon G'apparov, Muhammad Rasulov, Abdumalik Abdullaev.
 Uchrashuvda shuningdek, Sobir Hamidov va “Paxtakor”dan jalb etilgan uch nafar yosh futbolchi harakat qildi. O'yin yakuniga etgach, murabbiylar jamoada qolishi yoki javob berilishi mumkin bo'lgan o'yinchilar borasida bir to'xtamga kelishdi. Shu sababdan yuqoridagi tarkibda to'p surgan ayrim futbolchilar ikkinchi davrani “Navbahor”da o'tkazmaydigan bo'lishdi. Bu haqda keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.

Manba: pfcnavbahor.uz