“Navbahor” yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2021
Avval xabar berganimizdek, “Navbahor” jamoasi bugun tushlikdan so'ng taqdimot marosimini o'tkazdi.

Mazkur tadbirni keng tarzda yoritish maqsadida Namangandagi “Markaziy” stadionga kirib borar ekanmiz, u erda ajoyib futbol atmosferasiga guvohi bo'ldik. Klub rahbariyati stadion mamuriyati bilan hamkorlikda taqdimot marosimini ko'tarinki ruhda tashkil etish uchun yaxshigina scenariy ishlab chiqqanini ko'rish mumkin.



Taqdimot marosimini taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev olib bordi. Marosimga Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov tashrif buyurdi. Unga shahar hokimi, viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti, hamda klub prezidenti hamrohlik qildi.



“Navbahor” murabbiylar shtabi va futbolchilar mazkur tadbirga chiroyli kostyum-shim liboslarida bir xilda kirib kelgani, etiborimizni tortdi.



Shuningdek stadionga kelgan muxlislarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tadbir tashkilotchilari elimiz suygan sanatkorlar Ravshan Komilov va Iskandar Hamroqulovni taklif etgani ayni muddao bo'ldi deyish mumkin. 



Ayniqsa namanganlik so'z ustasi Iskandar Hamroqulovning hangomalari tadbir ishtirokchilariga xursandchilik ulashdi.



Tadbirda kutilganidek, futbolchilarning bu yil qaysi raqamda o'ynashlarini rasman elon qilinib, viloyat hokimi tomonidan o'yinchilarga futbolka topshirish marosimi ham o'tkazildi.

Yangi futbolchilar qayci raqamlarni olishdi:
35. Rahimjon Davronov
4. Farhod Mirahmatov
5. Xushnud Avilov
10. Quvondiq Ro'ziev
18. Bahrom Abdurahimov
28. Nikola Tasich
67. Marko Putinchanin
88. Slavisha Stoyanovich

Quyidagi futbolchilar esa o'z raqamlarini o'zgartirishdi:

6. Sherzod G'ulomjonov
8. Sardor Telyakov
17. Ehsoni Panshanbe
24. Davron Hoshimov



Taqdimot marosimining so'nggida “Markaziy” stadionda jamoaviy suratga tushildi. 




Tanishtiruv marosimidan to'liq fotogalereyani (43ta surat) saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

G‘alaba
4 mar 2021
Barchasi alo darajada.
G‘alaba
4 mar 2021
Faqat g'alaba kutamiz.
Жонажон УФА
4 mar 2021
Oʻzbeklaga Rossiya bir qadam boʻganidek serblagayam Oʻzbekiston bir qadam
Amadzoda
21 mar 2021
Omad
Мирзаев А.
5 mar 2021
БАХРОМ АБДУРАХИМОВ ЎТГАНИ ЯХШИ БЎПТИ, НАСАФДА ЗЎР ЎЙНАРДИ, ПАХТАКОРДА ЙЎҚ БЎЛИБ КЕТДИ АГМКАДА ЎЗИНИ ТОПА ОЛМАДИ, ЭНДИ НАВБАХОРДА ҚАЙТА ПОРЛАСИН, МТЖДА АСИСИЙ ЎЙИНЧИЛАРДАН БЎЛСИН.