2023 yilning ikkinchi davrasida "Neftchi" tarkibiga kelib qo'shilgan, 2024 yil "Navbahor" libosida to'p tepgan gruziyalik hujumchi Giorgi Nikabadze faoliyatini Qozog'istonning "Atirau" jamoasida davom ettiradi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 2025 yil 31 dekabr sanasigacha shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, Nikabadze o'tgan mavsum Superligada 16 ta uchrashuvda 2 ta gol, 2 ta assist qayd etdi. O'zbekiston kubogida 6 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi.
Izohlar