Ushbu yig'in 11 fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Unda asosiy etibor o'yin amaliyotiga qaratiladi va 5 ta nazorat-sinov uchrashuvlari o'tkaziladi.
“Lochinlar”ning BAAdagi barcha sparring raqiblari hamda o'yinlar sanalari malum bo'ldi va quyidagicha ko'rinishda:
1 fevral. “HNK Vukovar 1991” (Vukovar, Xorvatiya)
3 fevral. “Rodina” (Rossiya, Moskva)
4 fevral. “Urartu” (Erevan,Armaniston)
6 fevral. “Chengdu” (Chengdu, Xitoy)
9 fevral. “Royal” (Dubay, BAA).
BAAdagi mashg'ulotlarda futbolchilarga kuch-quvvat, bo'lajak nazorat-sinov bahslarida esa omad yor bo'lishini tilaymiz.
Izohlar