"Navoiy viloyati 2-ligasi"ga qura tashlandi

Aslanov Jasurbek
24 sep 2021
2021 yilning 23 sentyabr kuni Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport majmuasida 2-liga jamoalari o'rtasida futbol bo'yicha "Navoiy viloyati 2-ligasi" musobaqasiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

Bu yilgi mavsum musobaqamizda jami 10 ta jamoa: Navoiy shahridan "Shuhrat", "So'g'diyona", "Akademiya U-17" va "Akademiya-2", Karmana tumanidan "Qizilqum U-17", "Qizilqum-1" jamoalari, Navbahor tumanidan "Navbahor" va "Turkiston" jamoalari, Nurota tumanidan "Nurota", Konimex tumanidan "Konimex" jamoasi ishtirok etadigan bo'lishdi.

Musobaqa aylanma tizimda 2 davra o'tkaziladi. Dastlabki tur uchrashuvlari 25-26 sentyabr kunlariga belgilangan.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Навоий вилояти футбол ассоциацияси

Izohlar

Муса_Конимех-Ливерпуль
24 sep 2021
Konimex olg‘a
Муса_Конимех-Ливерпуль
24 sep 2021
Konimex olg‘a
Olg'a UZB
24 sep 2021
Navoidayam 2 ligamiz bor ekan bilmay yurganekanmiz