Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" Polsha klubiga mag'lub bo'ldi

Alisher
26 jan 2024
Farg'onaning "Neftchi" klubi Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Neftchi"ning Turkiyadagi yangi mavsumga tayyorgarlik mashg'ulotlari va yig'inlarining birinchi bosqichi bugungi nazorat uchrashuvi bilan yakunlandi. "Neftchi" Polshaning "Lexiya" jamoasi bilan bo'lgan bahsda 0:1 hisobi qayd etildi.

Bugundan boshlab futbolchilarga to'rt kunlik tatil  beriladi. 31 yanvardan Antalyadagi yig'inlarning ikkinchi bosqichiga start beriladi. Bu bosqichda futbolchilar yana bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirishgan. Bu haqda yig'inlar oldidan tegishli malumotlar beriladi. 


"Neftchi" 0:1 "Lexiya" (Gdansk)

Antaliya,  Turkiya

"Traning" stadioni

Gol: Tomas Bobchek 75 0:1.

"Neftchi": 12.Sanjar Quvvatov (Asror Kenjaev 46), 26.Jaloliddin Jumaboev(Boyan Ciger 46), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 19.Mirzohid G'ofurov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 23.Diyor Turopov, 11.Javoxir Qaxramonov, 10.Shoxruz Norxonov( Sanjar Qodirqulov 46), 77.Bilolxon Toshmirzaev.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: "Нефтчи" матбуот хизмати

Izohlar

I love Kokand
26 jan 2024
Шунда ҳазилми бу? Нефтчи бир кунда нечта ўйин ўтказаяпти. Ҳали Қозоғистон клуби билан эди, энди буниси. Роботлар ўйнаяптими?
BXZ BXZ
26 jan 2024
Нефтьчи Легия билан тенгма тенг у́йнаган бу́лса демак жамоа янада кучайган . Омад Нефтьчига чемпионлик йу́лига чиксин .Пахтакор мухлиси.
Sher.Far
27 jan 2024
Maqsad kamchiliklardi bilish yutish emas xozir yutqazgan yaxshi kegin tutqazgandan ko'ra
Davronbek Abduvaliev
27 jan 2024
Нефтчидан бу мавсум фақат чемпионликни кутамиз...
Davronbek Abduvaliev
27 jan 2024
Нефтчидан бу мавсум фақат чемпионликни кутамиз...