Neapollik muxlislar Italiya Kubogi finalidan oldin Ronalduni "ko'mishdi"

Alisher
18 iyun 2020
Kecha Italiya Kubogi final o'yini doirasida "Napoli" "Yuventus" bilan bahs olib bordi.

O'yinning asosiy vaqtida 0:0 hisobi qayd etildi va g'olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi.

O'yin oldidan neapollik muxlislar performans uyushtirishdi. Muxlislar final o'tadigan Rim ko'chalarida "Yuventus" emblemasi va turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduning libosi qo'yilgan tobut ko'tarib chiqishdi.

Qo'shimcha qilish kerakki, "Napoli" o'z tarixida oltinchi bor Italiya Kubogini boshi uzra baland ko'tardi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AroundTurin