Galgi raqib Bolgariya ikkinchi ligasi vakili "Krumovgrad" jamoasi bo'ldi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozongani haqida malumot bergan edik.
Kunning ikkinchi qismida esa "Neftchi" Polshaning "Ekstraklass" ligasi vakili "Radomyak" klubi bilan bahslashishdi. Murosasiz va hujumkor ruhda kechgan mazkur uchrashuvda "Neftchi" jamoasi 2:1 hisobida ishonli tarzda g'alaba qozondi, gollarga Toma Tabatadze va Oliver Sharkichlar mualiflik qilishdi. Raqiblar esa 85 daqiqadagi belgilangan penaltidan unumli foydalanib xisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.
"Neftchi" 2:1 "Radomyak" (Polsha)
Gol: O.Sharkich 20 1:0 , T.Tabatadze 49 2:0, 85 pen 2:1
"Neftchi": Akbar Turaev (V.Nazarov 46), Zoyir Jo'raboev, Oleksey Larin, Andrey Mishenko, Mirzoxid G'ofurov, Abbos G'ulomov, G'ulomxaydar G'ulomov, Nurillo To'xtasinov, Fozil Musaev, Toma Tabatadze (F.Muhammadov 52), Oliver Sharkich.
Izohlar