“Neftchi”: O'rinbosarlarimiz safiga Qo'ziboev va Yorbekov qo'shilishdi

Kecha o'rinbosarlarimiz ham yig'inni boshlab yuborishdi. Dushanba kuni Sergey Kovshov futbolchilarni Qirgulidagi bazaga to'pladi.
Kun maxsus bilan boshlandi. Unda bosh murabbiy futbolchilarga jamoaning oldiga qo'ygan maqsadi haqida gapirib o'tdi. So'ng mashg'ulot o'tkazildi. Kechki mashg'ulotdan keyin o'rinbosarlarimiz klubning Vodildagi bazasi tomon yo'l olishdi. Yig'inning asosiy qismi aynan mana shu yerda bo'lib o'tadi. Ayni damda mashg'ulotlarda ko'plab futbolchilar ishtirok etishmoqda. Ular orasida Nodir Qo'ziboev, Umid Boqiev, Shukur Jumaboev, Davlatbek Yorbekov kabi taniqli futbolchilar bor.

Aytgancha, jamoa murabbiylar shtabida yana bitta o'zgarish sodir bo'ldi. “Neftchi” jamoasining sobiq o'yinchilaridan biri, yaqinda “Navbahor”ni tark etgan Abdumajid Toirov klub murabbiylari shtabidan o'rin oldi. Toirov sulolasining to'ng'ich vakili Sergey Kovshovga yordam beradi.

Manba: fcneftchi.uz