"Neftchi" Turkiyadagi yig'inni boshladi. Jamoa 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Alisher
21 jan 2022
Yangi mavsumga tayyorgarlik borasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Ilhom Mo'minjonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" futbol klubi kecha Turkiyaning Antalya shahriga jo'nab ketgandi.

Manzillariga etib borgan "Neftchi" azolari mehmonxonaga joylashgandan so'ng, kunning ikkinchi yarmida ilk mashg'ulotlarda qatnashdi. Bugun ham bir marta mashg'ulot o'tkazgan jamoa, ertadan boshlab kuniga ikki mahaldan shug'ullana boshlaydilar.

Antalya shahrida olib borilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida "Neftchi" 4 ta nazorat-o'rtoqlik bahslarida ishtirok etadi.

28 yanvar

"Neftchi"- KF LLAPI (Kosovo)

2 fevral

"Neftchi"-"Fakel"(Rossiya)

6 fevral

"Neftchi"-"Chernomorec" (Ukraina)

9 fevral

"Neftchi"-"Shinnik" (Rossiya)

Turkiyadagi yig'inlarga jalb etilgan futbolchilar:

Akbar To'raev, Mashhur Muhammadjonov, Shuhratillo Rahmonov, Muhsin Ubaydullaev, Abdulloh Olimov, Husniddin G'ofurov, Izzatilla Abdullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Husniddin G'ofurov, Mirzohid G'ofurov, Sherzod Karimov, Oybek Qilichev, Lutfulla To'raev, Umar Athamzoda, Shodiyor Xojimatov, Sirojiddin Qo'ziev, Doniyor Nazrullaev, Darko Stanoevich, Daniel Stoykovich, Aleksandr Eshich, Ulug'bek Hoshimov. 

Shuningdek, hozirgi kunda O'zbekiston (U-18) terma jamoa yig'iniga jalb etilgan "Neftchi" (U-18) yoshlar jamoasining yarim himoyachisi Fahriddin Muhammadjonov 27 yanvar kuni Turkiyaga yo'l olib, "Neftchi" ixtiyoriga kelib qo'shiladi.

AlisherMaqola muallifi
Muqova: "Нефтчи" матбуот хизмати

Izohlar

RustambeK! 094
21 jan 2022
8 уринли команда
"Neftchi" PFC FERGHANA
21 jan 2022
Umrlaringdan baraka topinglar Neftchi klubi rahbariyati. Endi navbat mashgʻulotlardan foto galeriya va videolarga.