"Neftchi" xorijlik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
10 feb 2024
Yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirayotgan "Neftchi" navbatdagi transferini elon qildi.

Ruminiyalik tajribali hujumchi Mixay Roman "Neftchi" bilan bitim tuzdi. Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati elon qildi.

Mixay Roman o'tgan mavsum Ruminiyaning yuqori divizionida ishtirok etgan "Petrorul" sharafini himoya qildi.

"Faoliyati davomida Ruminiya klublaridan tashqari  Niderlandiya  EREDIVIZIE ligasida va Isroil chempionatida to'p surdi. Mixay Roman Ruminiya kubogi sohibi hisoblanadi.

Shu kungacha 300 dan ortiq uchrashuvlarda maydonda harakatlangan futbolchi 69 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lib, 28 ta golga assistentlik qilgan.Bo'yi 188 sm.ga ega bo'lgan  futbolchining tranfermarkt saytidagi narxi 400 000 evroni tashkil etadi" - deyiladi "Neftchi" bayonotida.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: t.me/pfcneftchi_uz

Izohlar

Farxod Farxod
10 feb 2024
Norxonov zahirada uxlaydimi deymanda
BarsAndijon
10 feb 2024
Нефтчи росмана кучайяпти кушниларга омад
Azizjon Abrorov
10 feb 2024
ман нефтчини камида турт йилдан бери чемпион булишини кутаман пахтакор - нефтчи уйинларнини согинганман нефтчи чемпионликка муносиб жамоа Пахтакорнинг 47- йиллик мухлиси
Мирзаев А.
10 feb 2024
Ёши ҳам 38 да бўлса керак
Realist 2
10 feb 2024
Klass bor bo'lsa, vaziyatlarni mahorat evaziga hal qisa bo'ldi. Cheran ham yuriptiku to'p urar bo'lib. Husayn Norchayev Olimpiya jamoasi yig'inlarida va osiyo kubogida ekanida o'ynab bersa raqobat vujudga kelsa bo'ldi.