"Neftchi"dan ketgan legioner "Dinamo"ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2025
O'tgan mavsumni "Neftchi"da o'tkazgan Manuchehr Safarov faoliyatini Samarqandda davom ettirishi mumkin.

Tojikistonlik himoyachi yangi mavsumni "Dinamo" safida boshlashi mumkin. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlashgan, ikkala tomon yaqin kunlarda yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda.

O'tgan mavsum tojikistonlik futbolchi "Neftchi" safida Superligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia