Nega Lutfullin 3 ta o'yinga tayinlandi? Mamur Saidqosimov javob berdi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2025
Bugun O'zFHM Superliganing 2-turidan o'rin olgan o'yinlarda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qildi.

Etiborlisi, Rustam Lutfullin shu turning o'zida bir yo'la uchta uchrashuvda ishlaydigan bo'ldi. Lutfullin "Andijon" - "Nasaf" bahsida bosh hakam vazifasini bajarsa, "Neftchi" - "Qo'qon-1912" va OKMK - "Paxtakor" o'yinlarida esa VAR hakami bo'ladi. Xo'sh, nega bunday bo'ldi? Vaziyatga O'zFHM direktori vazifasini bajaruvchisi Mamur Saidqosimov oydinlik kiritdi.

"Xabaringiz bor, ayni paytda 3 nafar FIFA hakami Firdavs Norsafarov, Akobirxo'ja Shukurullaev va Abdurashid Xudoyberganov xizmatidan foydalana olmaymiz. Ular o'tgan yildan buyon Superligada ishlashmayapti. Hozircha ularni o'yinlarda tayinlay olmaymiz. Shu sababli bizda sifatli VAR hakami etishmovchiligi kuzatilmoqda. Firdavs Norsafarov VAR hakami sifatida juda yaxshi ishlaydi.

1-turda ko'plab o'yinlarda VAR hakami sifatida ayollar ishlashdi, kamchiliklar bor, yo'q emas, tajriba o'yinlar orqali keladi. Ammo 2-turdagi muhim va markaziy uchrashuvlar ko'proq, shu bois sifatli hakamlikni birinchi o'ringa qo'yganimiz uchun Rustam Lutfullinni majburan ikkita bahsga VAR'ga qo'ydik. Yosh hakamlarni ham sekin-asta o'yinlarga tayinlab tajribani oshirib boramiz, chunki hakamlar o'rtasida raqobat qancha kuchli bo'lsa shuncha yaxshi", - dedi Mamur Saidqosimov.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

rustam
12 mar
Э, ПОСТОЯННО У ВАС ПРОБЛЕМЫ ИЗ ЗА ВАШЕЙ ГЛУПЫХ ГОЛОВ! ЕСТЬ СУДЬИ В КИРГИЗИИ, КАЗАХСТАНЕ, ТАДЖИКИСТАНЕ И В ДРУГИХ ДРУЖЕСТВЕННЫХ СТРАНАХ! ВАС ВСЕХ УЖНО ВЫГНАТЬ БЕЗГОЛОВЫЕ!
Alisher Sharipov
12 mar
Yaxshi
Google User
12 mar
Tajribali hakamlarni faqat VARga qo'yish to'g'ri yechim. Ular maydonida yaxshi yugura olmaydi, lekin monitorga qarab aniq ko'rib to'g'ri qaror bersa, shunda ularning foydasi ko'proq tegadi