Nemanya Matich: "Chelsi" Angliya Kubogi finaligacha borishga urinadi"

"Chelsi" yarim himoyachisi Nemanya Matich Angliya Kubogi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Angliya Kubogi har bir jamoa uchun muhim musobaqa. Shu qatorda "Chelsi" uchun ham. Biz finalgacha borishga va "Uembli"da o'yin o'tkazishga urinamiz. Agar uddalasak, bu natija muxlislar uchun ham, klub uchun ham katta bir sovg'a bo'ladi. Ayniqsa, men uchun. Axir bu erda ilk mavsumimni o'tkazyapman-ku", - dedi Matich.

Manba: championat.com