Neymar koronavirus yuqtirib oldi

Khoja
8 iyun 2025
“Santos“ hujumchisi Neymardan koronavirus aniqlandi.

“Payshanba kuni virusli infekciya boshlanishi bilan Neymar Santos klubi tibbiyot bo'limi tomonidan tekshiruvdan o'tdi va unda COVID-19 infekciyasini tasdiqladi. Futbolchida alomatlar paydo bo'lgan zahoti unga dam berildi va hozirda uyda shifokor ko'rsatmasi bo'yicha davolanmoqda“, - deyilgan klub bergan bayonotda.

Neymar joriy mavsumda barcha turnirlarda 14 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com