Argentinalik hujumchi parijliklar safiga 2021 yilda o'tdi. Neymar va Mbappe PSJda 2017 yildan beri birga o'ynashayotgandi.
"U [Mbappe] avvaliga muhim yigit edi, uni "tilla bola" deb atardim. U bilan gaplashardim, o'ynardim, unga eng yaxshilaridan biri ekanligini aytardim, doim gaplashib, yordam berardim. Leo kelganidan u meni qizg'anishni boshladi. U meni hech kim bilan bo'lishishni xohlamadi! Shunday qilib kelishmovchiliklar boshlandi, munosabatlar o'zgardi", - dedi Neymar.
Neymar 2023 yilda PSJni tark etdi. U francuz jamoasi safida jami 173ta o'yinda maydonga tushib, 118ta gol va 77ta assist qayd etdi. Braziliyalik 2023 yilning avgustida Saudiyaning "Al Hilol" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Izohlar