Neymar roppa-rosa bir yildan so'ng maydonga qaytdi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2024
Neymar tizza jarohati tufayli bir yilni maydon tashqarisida o'tkazdi.

"Al Hilol" forvardi "Al Ayn"ga qarshi OFK Elit Chempionlar ligasi 3-tur o'yinining (5:3) 77-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi.

Neymar bundan avval 2023 yilning 18 oktyabrida maydonda ko'rinish bergan edi. Braziliyalik futbolchi Urugvayga qarshi JCH-2026 saralash bahsida tizzasidan jarohat olgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru