Neymar "Santos"dagi ilk mashg'ulotiga vertoletda keldi

I.J.I
5 feb 2025
Futbolchi Santus shahriga ko'chishga ulgurmagan.

Neymar o'zining "Santos"dagi ilk mashg'ulotiga vertoletda keldi. Bu haqda Globo Esporte nashri xabar bermoqda. Futbolchi Rio-de-Janeyro shtatidagi uyidan Santus shahriga vertoletda kelgan. Bunga sabab Neymar "Santos" klubi joylashgan shahardan uy sotib olishga ulgurmagan. Keyingi haftada Neymar Morro shahridan hashamatli uy sotib oladi.

Neymar o'z vertoletini 2019 yilda sotib olgan. Ikki uchuvchi va sakkiz nafar yo'lovchiga mo'ljallangan vertolet noqulay ob-havo sharoitida ham parvozlarni amalga oshira oladi. Neymar mashg'ulot uchun bir soatga yaqin yo'l bosgan.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: Globo Esporte

Izohlar

Umid Uuuu
5 feb
Santossi sotvoladgan darajadayu hozi keladide vertalotta
International
5 feb
Yana 1-2 yil Hilolda o'ynaganda samolet sotvolardi. Keyin "Yuramani ovora bo'lib" deb samoletni yuborib Santos futbolchilari va murabbiylarini uyiga obkeb trenerovka qilardi.
David Terezege
5 feb
Яшанг