Neymarning qiyofadoshi xavfsizlik xodimlarini aldab, stadionga tashrif buyurdi va muxlislar bilan suratga tushdi

Оқил Абдубарноев
30 nov 2022
Neymarga o'xshash shaxs stadion xavfsizlik xodimlarini chuv tushirib, o'zini Braziliya super yulduzi sifatida tanishtirgan holda maydonga kirishga ruxsat oldi.

Braziliya dushanba kuni Shveycariyani 1:0 hisobida mag'lub etdi, Kazemironing aniq zarbasi "Selecao"ga ikkinchi g'alabani taqdim etdi.

Neymar Serbiyaga qarshi o'yinda (2:0) to'pig'idan jarohat olgandi va guruhning so'nggi ikki o'yinida qatnasha olmasligi malum bo'ldi.

Hujumchi Shveycariyaga qarshi to'qnashuvga tashrif buyurmadi va televizor orqali mazkur bahsni tomosha qildi, biroq PSJ futbolchisining qiyofadoshi uning yo'qligini bildirmadi.

Sochi, soqoli va tatuirovkasi Neymarnikiga o'xshash bo'lgan kimsa rasmiy Braziliya sport formasida "974" stadioniga tashrif buyurdi.

O'yindan oldin u shaxsan maydonga kuzatib qo'yildi va erta kelgan bir necha muxlislar bilan selfi tushdi.


Ijtimoiy tarmoqqa joylangan ushbu video 6,8 million marta tomosha qilingan.

Shundan so'ng u tribunaga borib joylashdi va uni haqiqiy Neymar deb o'ylagan muxlislar tomonidan o'rab olindi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova:

Izohlar

Miran
30 nov 2022
Kopiya ekanda
Nima Gapla
30 nov 2022
Maaazgi))
Barcelona nomer 1
30 nov 2022
Геймараноям Португалия ни ойинига Гейналдуман деб бормаса болди
Man.united APL BUNYODKOR
30 nov 2022
Neymarni mazasi qochib qogandur o'zini tvda ko'rib. Xali ko'riwsa kere qiyofadoshi bilan
Aziz Askarov
30 nov 2022
Neymar parijlikmi
Арсенал 14
30 nov 2022
Neymar parijlik bõlsa, Shomurodov italiyalikmi?. Qaysi davlatda õynasa õsha yerni fuqarosi deyilmaydiku.
ABDUSALOM ZHURAEV
30 nov 2022
Лекин шу баччағар Неймарга жудаям ўхшаркан.
Farruxuzb
30 nov 2022
Hayvonlar ham bor da Ranalduni nma aloqasi bor qichiyotgan bo'lsa qoqtirvor
Илхом Нарбаев
30 nov 2022
O'zi i taak hayota yashash qiyin nima qilasla bir birila bn urshb gap talashb eng yomoni so'kib qoyselachi
Javohir1994
30 nov 2022
Salom
Ko'proq ko'rsatish