Nigeriya futbol federaciyasi terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlarni onlayn qidirmoqda: maosh kelishiladi

Оқил Абдубарноев
13 mar 2024
Amaldagi murabbiy Joze Pezeyru istefoga chiqarilgan.

"FutbolJobs" nashri X (sobiq Twitter) sahifasida Nigeriya erkaklar futbol terma jamoasi bosh murabbiyligi vakantini elon qildi.

Elon ichida batafsil malumot olishingiz mumkin: "Nigeriya Futbol Federaciyasi (NFF) o'z milliy jamoasi tizginini o'z qo'liga olish uchun istiqbolli bosh murabbiy qidirmoqda. Bu siz uchun sharafli tarixga ega jamoani boshqarish imkoniyatidir. Jamoaning xalqaro maydondagi shon-shuhratni oshirishga hissa qo'shing. Qo'ng'iroqqa javob berishga tayyormisiz?"



Biroq nomzodlar Afrikaning uch karra chempionini topshirish uchun bazi talablarga to'g'ri kelishi hamda etarlicha murabbiylik malakasiga ega bo'lishi kerak.

Ish haqi belgilanmagan, federaciya bilan o'zaro kelishilishi malum qilingan.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: FutbolJobs

Izohlar

O'ktamjon Mirzayev
13 mar 2024
Kimga qiziq?
FC_BARCELONA_UZ
13 mar 2024
Nimaga aynan Kloppni rasmi qo'yilgan ekan?
SO'G'DIYONA Jizzax
13 mar 2024
Борсаммикан)))
Bukhoriy
13 mar 2024
Call фақат қўнғироқ маъносига эмас чақирув маъносига ҳам эга, ўртоқ админлар. Шунда "Чақирувга таййормисиз" бўлади.
Привет
13 mar 2024
Ёркин Назаровни лицензиялари бор шуни жунатиш керак 2-3 та жахон микёсида танилган яхши ёрдамчи топиб беришса зур ишлайди !!!