

88-daqiqada mezbonlar vakili Chijioke Mbaoma gol urdi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Laynsmen esa ofsayd qayd etilganini ma'lum qilib, bayrog'ini ko'tardi. Bosh hakam Nura Abdullohi esa shubha ostida qoldi.
VAR bo'lmagan o'yinda Abdullohi vaziyatni qayta ko'rish uchun Aha shahridagi "Enimba" stadioni tashqarisida bellashuvni translyatsiya qilayotgan televidenie tomon yugurdi.
Vaziyatni ko'zdan kechirgan hakam maydonga qaytib, golni haqqoniy deb topdi. Shu tariqa, "Enimba" o'z maydonida 1:0 hisobida g'alaba qozondi.



