Nike Ronaldu Oltin to'pni olishiga ishonadi FOTO

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017
Payshanba kuni France Football jurnali 2017 yilning eng yaxshi futbolchisiga Oltin to'pni topshiradi.

Ushbu sovringa asosiy davogarlar sifatida Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Barselona hujumchisi Lionel Messi ko'rilmoqda.

Oldinroq 32 yoshli portugaliyalik beshinchi Oltin to'pni Parijda, Eyfel minorasida qabul qilishi e'lon qilingandi.

Internetda Nike kompaniyasi tomonidan Ronalduning ushbu sovrinni olishiga atalga maxsus butsalar rasmi tarqaldi.

Ming dona ishlab chiqarilgan Nike Mercurial Superfly V butsalariga ‘Quinto Triunfo’ (beshinchi sovrin) deb yozilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com