

"Munosib qarshilik ko'rsatdik deb o'ylayman. Xatolar ustida ishlaymiz. Himoyada ham, hujumda ham xatolar bo'ldi. Endi keyingi o'yinga tayyorlanamiz.
Yutishimiz ham mumkin edi. Lekin, bu futbol. Keyingi o'yinda ham g'alaba uchun o'ynaymiz. Guruhimizda yaqqol favorit yo'q deb hisoblayman", - deydi "Paxtakor" posboni.




