Nikolas Gaytan: "Murabbiy ishonchiga erishish uchun gol urishim kerak"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2016
"Atletiko" yarim himoyachisi Nikolas Gaytan jamoasining LaLiga 8-turi doirasida "Granada" ustidan qozonilgan g'alaba (7:1)sini sharhlab o'tdi.
"Uchrashuv boshidan o'yinda ustunlik qildik, lekin gol urish raqibimizga nasib etdi. Yaxshi ham, jamoa vaziyatni o'zgartira oldi. Hamma g'alabadan mamnun. Ushbu yutuq ishtirokchisi bo'lish yoqimli. Murabbiy ishonchiga erishish uchun gol urishim kerak. Biz jamoa sifatida o'syapmiz", - deya Gaytanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: clubatleticodemadrid.com