Nodir Eliboev: "O'ylashimcha, bu yilgi chempionat har yilgiga qaraganda shiddatli bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2023
"Dinamo" hamda BMB o'rtasidagi futzal chempionati 1-tur birinchi kun uchrashuvidan (3:4) so'ng BMB ustozi Nodir Eliboev intervyu berdi.

Nodir Eliboev (BMB klubi bosh murabbiyi): "Shiddatli bahs bo'di. Ochig'i, shunday bo'lishini kutgan edim. Birinchi uchrashuv doim qiyin o'tadi. Bunyodkor OKMKga qarshi bellashuvda 0:3 dan chiqib ketganini ko'rdik. Har bir raqib o'zini ko'rsata oladi. O'ylashimcha, bu yilgi chempionat har yilgiga qaraganda shiddatli bo'ladi".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/Futzal_chempionati