"Norvich" futbolchisi raqibga tupurgani uchun 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
10 jan 2025
"Norvich Siti" hujumchisi Borxa Sayns 6 o'yinlik diskvalifikaciya bilan jazolandi.

Shuningdek, u 12 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi.

Avvalroq futbolchi 21 dekabr kuni Chempionshipning 22-turidan o'rin olgan "Sanderlend"ga qarshi o'yinning 74-daqiqasida raqibiga tupurgani haqida xabar berilgandi. Forvard aybini tan olgan.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum 15 ta gol bilan ikkinchi divizion to'purarlari reytingida peshqadamlik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: thefa.com

Izohlar