Nosir Otaqo'ziev: “Penaltini men muhokama qilmayman”

Narzulla Saydullayev
3 avg 2016
“Obod” hamda “Qo'qon–1912” (2:1) uchrashuvidan so'ng “Qo'qon–1912” futbolchisi Nosir Otaqo'ziev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-  Biz Toshkentga faqat g'alaba uchun kelgandik, afsuski mag'lubiyatga uchradik. Buning uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Qiyin o'yin bo'ldi, ayniqsa penaltidan so'ng futbolchilarimiz tushkunlikka tushib qolishdi. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qilgandik, ammo ikkinchi bo'limda omad “Obod” tarafida bo'ldi. Penaltini men muhokama qilmayman. Uni muhokama qiladigan odamlar bor. Bu o'yin biz va “Obod”  jamoasi uchun ham juda muhim edi. “Obod” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz”, - deydi “Qo'qon – 1912” klubi futbolchisi Nosir Otaqo'ziev.

Jahongir Sotvoldiev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia